Parkent tumani "Kumushkon turizm qishlog'i" MY5 kanali nigohida

Parkent tumani "Kumushkon turizm qishlog'i"ni bilasizmi? Respublikamizda birinchi ochilgan Kumushkon hududi mamlakat turizm bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega, bu erda sayyohlarni jalb qiluvchi bir qancha maskanlar mavjud.

Toshkent viloyat turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari va "MY5" telekanali muxbirlari qishloqdagi mehmon uylari bilan yaqindan tanishdilar.

Bahonada muxbir qizlar shu xonadonning yangi tushgan kelinidan tandirda somsa yopishni o'rganishdi.

