Tabobat ilmi sultoni Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan.
Tuya suti nafaqat mazali, balki ozuqalarga boy bo’lgan Sharq mamlakatlarining an’anaviy ichimligidir. Tuya sutining foydasi uning tarkibidagi noyob moddalar mavjudligida yotadi.
Ushbu mahsulot tarkibida temir mikroelementi mavjud bo'lib, u qon tarkibini yaxshilaydi va hujayralardagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, o’zida qizil qon tanachalari hosil bo’lish jarayonini faollashtiradigan aminokislotalar saqlaydi, shuning uchun tuya suti ayniqsa kamqonlikdan aziyat chekadiganlarga tavsiya etiladi.