Etnoturizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalar muhokama qilindi

Etnoturizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 10-noyabr kuni Chimboy tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan va bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda Chimboy tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini Muvofiqlashtirish kengashi ishchi guruhining Chimboy tumanida Etnoturizm yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining Madaniyat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Gulbaxar Izentaeva, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov,  Chimboy tumani hokimi o‘rinbosari Azamat Sulaymanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bayram Kusekeev, shuningdek, mahalliy hunarmandlar va boshqa bir qator sohaga oid vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirda “Modern plyus” QK loyihalashtirish tashkilot vakili, arxitektor Berdan Dauletbayev tomonidan Chimboy tumaniga kirish qismida turistik selfi obekt, tumandagi Etnokompleks va Milliy qora uylar ustaxonasining barpo etilishi bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng xalqaro ekspert, “MASCONTOUR” xalqaro tashkilotining vakili Xendrik Vintxemning taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv so‘nggida turizm va unga yondosh sohalar va xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar bor.

 

‘

 

 

  

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha  bayonida Chimboy tumanida Turizm ob’yektlarini tashkil qilish, jumladan, hunarmandlar markazi binosini ta’mirlash va shoirlar xiyobonini tashkillashtirish uchun respublika byudjetidan jami 4 milliarddan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda “Modern plyus” QK tashkiloti tomonidan ushbu ob’yektlarning loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Ma’lumot sifatida: Joriy yilning 6-oktabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish, jumladan, sohada amalga oshiriladigan ishlar va yuzaga keladigan kamchiliklarni muhokama qilish va ularning yechimi topish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini Muvofiqlashtirish kengashi tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining madaniyat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Gulbaxar Izentayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari - Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rasul Zarikeyev, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) “ECO-ARAL” loyihasining boshqaruvchisi Paul Shumaxer, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) “ECO-ARAL” loyihasining xalqaro maslahatchisi Yulian Felten, Turizm sohasida xalqaro ekspert, “MASCONTOUR” xalqaro tashkiloti vakili Xendrik Vintxen, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasi faoliyati bilan bog‘liq bir qator vazirlik va idoralar, xususiy turistik tashkilotlar va joylashtirish vositalari vakillari, mahalliy hunarmandlar ishtirok etishdi. 

Ҳамкоримиз
USAID, Yuksalish, Apro Regional partners

Мазкур сайт АҚШ Халқаро Тараққиёт Агентлиги (USAID) орқали кўрсатилган Америка халқининг кўмагида ишлаб чиқилган. Маҳсулот мазмуни бўйича масъулият "Agroinnovatsiya" жамғармаси жамоат бирлашмаси ННТга юклатилади ва USAID ёки АҚШ ҳукумати расмий нуқтаи назарини акс эттириши шарт эмас.

Данный сайт стал возможным благодаря помощи американского народа, оказанной через Агентство США по международному развитию (USAID). Общественное объединение Фонд "Agroinnovatsiya" несет ответственность за содержание публикации, которое не обязательно отражает позицию USAID или Правительства США.

This Web site is made possible by the support of the American people through the United States Agency for International Development (USAID). The contents are the sole responsibility of the Public association Fund "Agroinnovatsiya" NGO and do not necessarily reflect the views of USAID or the United States Government.

Сайт яратилган
«Agroinnovatsiya» жамғармаси жамоат бирлашмаси
Agroinnovatsiya
Посетители по странам
Посетители Яндекс.Метрика

Алоқалар

«Агроэкотуризмни ривожлантиришда инновацияларнинг роли» лойиҳаси

  • 100021, Тошкент ш., Шайхонтохур тумани,
    Навоий кўчаси, 44 уй
  • +998 90 960 12 96
  • agroinnovatsiya@gmail.com
  • Асосий
  • Лойиҳа ҳақида
  • Ҳабарлар
  • Объектлар реестри
  • Хориж тажрибаси
  • Қонунчилик
  • Нашрлар