Навоий вилояти Туризмни ривожлантириш ҳудудий бошқармаси.
Tasvirlab bo‘lmas toza havo, qushlarning tinimsiz sayrashi, atrofda uchib yuruvchi xonqizilar, kechki shafaq, tog‘ jilg‘asining shildirashi, gullar ifori, infonlarga xizmat qilayotgan eshaklar, do‘stona aholi, kechalari yulduzlarga to‘la osmon... ehtimol, bu Nurota tog‘laridagi qishloqning diqqatga sazovor jihatlarining bir qismidir.
Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i hududdagi diqqatga sazovor sayyohlik yo‘nalishlaridan biridir. Qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladigan bu qishloq so‘lim tabiati, qadim sivilizasiya maskanlaridan biri ekani bilan doimo mahalliy va xorijlik sayyohlar e'tiborida bo‘lib keladi. Sentob qishlog‘i o‘zining qadim tarixi, madaniy-merosi, o‘tmishi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi bilan etnik qishloq bo‘lib sanaladi.
Sentob qishlog‘i Aydarko‘ldan 30 km masofa narida joylashgan bo‘lib, shahar g‘ala-g‘ovuridan charchagan har bir kishi uchun qutqaruv aylanasi o‘rnida xizmat qila oladi.
Bu joylar turli xil hayvonlar, qushlar va hasharotlarga boy, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuningdek, flora va faunada yagona bo‘lgan namoyandalar ham uchraydi. Qishloq bo‘ylab sayr qilarkansiz, noyob va puxta o‘ylab qurilgan qadimiy shahar qoldiqlariga tushib qolganday bo‘lasiz.
Qoya toshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog‘ tepasidagi ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasidagi Fozilmon ko‘li manzaralari mehmonlarni hamisha qiziqtirib keladi. Jumladan Sentob qishlog‘idan 12 km uzoqlikdagi “Qora tog‘” qoyatoshlarida ko‘plab ko‘hi uslubdagi arab grafikasidagi yozuvlar, Qur'on oyatlardan fragmentlar hamda qadimiy qo‘rg‘onlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Sentob qishlog‘ida Sentob suv ombori, Qadimiy karvonsaroylar, "Xo‘ja Porsho", "Xo‘ja Maxmad Savrato" ziyoratgohlari, Zardushtiylik din uchoqlaridan biri qadi miy Ibodatxona, "Chashmai ako" bulog‘i, qadimiy qal'alar, mavjud tarixiy ob'ektlar piktorgraflar, arab grafikasidagi ko‘hi yozuvlari, tog‘ toshlaridan qurilgan uylar, o‘ziga xos tog‘li hudud arxitekturasining saqlanib qolganligi muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Shuningdek mazkur hududda sayyohlarning mazmunli dam olishlarini ta'minlash maqsadida xonadonlarda hunarmandchilik maskani va kichik muzeylar tashkil etilgan. Sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish va yotoqdan tashqari otda, eshakda tog‘lar bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish xizmati xam yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hududning boshqa viloyatdan farqli jihati ushbu hududdan qarib 20 km. tog‘ bo‘ylab ko‘tarilganda, yayov yurilganda esa to‘rt yarim soatlik yo‘lda ko‘l mavjud. Mazkur ko‘l suv sathidan 1650 metr balandlikda (bu esa Eyfel' minorasidan besh barobarga ko‘p degani), tog‘ning ustki qismida umumiy maydoni 18 km bo‘lgan tabiiy ko‘l Fozilmon ko‘lining mavjudligi.
Fozilmon ko‘li buyuk rassom — tabiatning biz insonlarga betakror tuhfasidir. Qolaversa, mazkur ko‘l o‘z bag‘rida ko‘plab afsonayu rivoyatlarni saqlab kelyapti. Bu go‘zalliklarni ko‘rib, ularni kezgan insonning ona tabiatga bo‘lgan munosabati, qarashi yaxshi tomonga qarab o‘zgarishi aniq.
deyilda Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish xududiy boshqarmasi xabarida.