Toshkent viloyatida Eko turizm 

Jahon turizmi industriyasiga yaqin kelajakda kirib kelgan Ekologik turizm tushunchasi o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab paydo bo‘ldi.

Iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy daromad keltirishi mumkin bo‘lgan mazkur turizm turi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy muhitda sayohatni amalga oshirish, tabiiy hududlarni ularga ziyon yetkazmagan holda o‘rganish, tabiatning betakror, o‘ziga xos maftunkorligidan zavq olish maqsadida hududlarda sayohatni amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilanishiga ko‘maklashadi.

Inson omili orqali tabiat qo‘yniga sayohat, noyob hayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan tanishish, tog‘ va cho‘qqilarni zabt etishdagi maroq hamda tabiat in’om etgan mo‘jizalardan foydalanish, qushlarning turlarini o‘rganish, shuningdek tabiiy ko‘llar, buloqlar, sharsharalarni tomosha qilish bu ekoturizmdir.

Toshkent viloyatida ana shunday mo‘jizalar yashirin hududlarning manzili haqida eshitganmisiz?

Dam olish kunlari shahardan yiroq manzillarni izlagan sayyohlar Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi. Tuman o‘zining turistik salohiyati bilan yuqori turuvchi hududlardan sanalib, purviqor tog‘lar, go‘zal tabiati hamda sof havosi bilan turistlarni jalb qiladi.

Bu yerda safari turizm uchun mo‘ljallangan yovoyyi tabiat, shuningdek ko‘l va buloqlar mavjud. Eko turizm uchun mo‘ljallangan bu kabi hududlarni viloyatda ko‘plab sanash mumkin. Ohangaronning moviy tog‘lari, tabiat in’om etgan tabiiy ko‘llari, jozibali tabiati xorijliklarni maftun etsa, Parkentning qir adirlaridagi takrorlanmas yashilliklari bahor-yoz fasllarida barchani o‘ziga jalb etishda davom etadi.

Umuman olganda, viloyatning ekoturizmi xususida so‘z borganda O‘zbekistonning haqiqiy mo‘jizasi hisoblanmish i borasida to‘xtalish joizdir.

1990 yilda tashkil etilgan ushbu bog‘ tizimiga Chatqol Davlat Biosfera qo‘riqxonasi, Burchmullo va Ohangaron o‘rmon xo‘jaliklari kiritilgandir.

Ugom-Chatqol Milliy Tabiat bog‘ining maydoni 574600 gektarni tashkil etadi. Toshqent viloyatining- Bo‘stonliq (455,8 ming ga), Parkent (42,1 ming ga) va Ohangaron (76.6 ming ga) tumanlarida joylashgan. Asosan tog‘, o‘rmon, yaylov, suv akvotoriyalari, sug‘oriladigan va lalmi yerlardan iborat. U Gʻarbiy Tyan-Shan tog‘li hududlarida dengiz satxidan 800-4000 metrdan ortiq balandliklarni o‘z ichiga oladi. Marqaziy Osiyoda eng yiriq milliy bog‘lardan hisoblanadi.

Milliy bog‘ning ayrim tabiiy yodgorliklari va landshaftlari yaqin va uzoqdan tashrif buyuradigan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi, bunga tog‘ tabiat manzaralari, tog‘ ko‘llari, sharsharalar, chiroyli gullaydigan o‘simliklar, hayvonot dunyosi, suv omborlari, petrogliflar, tarixiy obidalar, archazorlar, qayinzorlar shular jumlasidandir.

Milliy bog‘ hududida 1800 ga yaqin o‘simlik dunyosi o‘sib, undan 74 xili O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan, shu jumladan, 8 xil lola turlari, O‘rta Osiyo noki, Pskom piyozi, Abolin astragali, Eremuruslar, Boshqizilsoy gerani, Minkvid teziumi, Yovvoyi sallagul va boshqalar mavjud.

230 ga yaqin hayvonot dunyosi turlari yashaydigan bog‘da, shundan 38 turi O‘zbekiston va Xalqaro “Qizil kitob”lariga kiritilgan, shu jumladan: qor qoploni, oq tirnoqli Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Menzbira sururi, Turkiston silovsini, kichik taqaburun, lochinlar, kumay, Chatqol shaytonbalig‘i, Turkiston laqqasi, kulja arvox kapalagi va boshqalar.

Sayohat maroqli. Ayniqsa, tabiat qo‘ynida dam olish kishiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Toshkent viloyatining bohavo tabiatidan, go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lib eko sayyohga aylansangiz afsus chekmaysiz.

Manba: Toshkent viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati

Ҳамкоримиз
USAID, Yuksalish, Apro Regional partners

Мазкур сайт АҚШ Халқаро Тараққиёт Агентлиги (USAID) орқали кўрсатилган Америка халқининг кўмагида ишлаб чиқилган. Маҳсулот мазмуни бўйича масъулият "Agroinnovatsiya" жамғармаси жамоат бирлашмаси ННТга юклатилади ва USAID ёки АҚШ ҳукумати расмий нуқтаи назарини акс эттириши шарт эмас.

Данный сайт стал возможным благодаря помощи американского народа, оказанной через Агентство США по международному развитию (USAID). Общественное объединение Фонд "Agroinnovatsiya" несет ответственность за содержание публикации, которое не обязательно отражает позицию USAID или Правительства США.

This Web site is made possible by the support of the American people through the United States Agency for International Development (USAID). The contents are the sole responsibility of the Public association Fund "Agroinnovatsiya" NGO and do not necessarily reflect the views of USAID or the United States Government.

Сайт яратилган
«Agroinnovatsiya» жамғармаси жамоат бирлашмаси
Agroinnovatsiya
Посетители по странам
Посетители Яндекс.Метрика

Алоқалар

«Агроэкотуризмни ривожлантиришда инновацияларнинг роли» лойиҳаси

  • 100021, Тошкент ш., Шайхонтохур тумани,
    Навоий кўчаси, 44 уй
  • +998 90 960 12 96
  • agroinnovatsiya@gmail.com
  • Асосий
  • Лойиҳа ҳақида
  • Ҳабарлар
  • Объектлар реестри
  • Хориж тажрибаси
  • Қонунчилик
  • Нашрлар